AOKA direktori Asad Xo‘jayev yana bir tashkilotga rahbar bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) direktori Asadjon Xo‘jayev O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi.

O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasining bugun, 16 avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan navbatdagi konferensiyasida shunday qaror qabul qilindi.

Tadbirda tashkiliy masalalar ko‘rildi. Assotsiatsiya rahbar organlari tizimiga o‘zgartirish kiritilib, rais lavozimi joriy etildi, tashkilotning yangi Ustavi qabul qilindi.

Shu paytga qadar assotsiatsiya prezidenti vazifasini bajarib kelgan Oybek Normetov assotsiatsiya raisligiga saylandi. Assotsiatsiya prezidentligiga esa Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xo‘jayev saylandi.

“Mamlakatimiz rahbarining sportga qaratayotgan e’tibori — Tokioda o‘tkazilgan olimpiada o‘yinlarida qo‘lga kiritilgan natijalarda ham o‘z aksini topdi. Ushbu g‘alabalarga yaratilgan sharoit hamda murabbiylar va sportchilarning mashaqqatli mehnatlari evaziga erishildi.

Eng birinchi navbatda, yoshlarni ushbu sport turiga kengroq qiziqtirish va jalb etishimiz lozim. Buning uchun sport inshootlarini qayta qurish, rekonstruksiya qilish, yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratish juda muhim.

Shuningdek, Kikboksing assotsiatsiyasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sportchilarimizning tayyorgarlik jarayonlari, o‘quv-yig‘inlari, musobaqalar uchun maxsus zallar va maydonlar tashkil etish, kikboksing bo‘yicha murabbiylarni ko‘paytirish, ularning malakasini oshirish bo‘yicha ish olib boramiz.

Ishonchim komilki, oldimizda turgan muhim vazifalarni amalga oshirsak, kikboksingchilarimiz ham boshqa sportchilari singari nufuzli musobaqalarda yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘taradi”, deya ta’kidladi assotsiatsiyaning yangi prezidenti Asadjon Xo‘jayev.

Konferensiya yakunida assotsiatsiya oldida turgan muhim vazifalar belgilandi. Sportchilarning tayyorgarligi, musobaqalarda munosib ishtirok etish masalalari muhokama qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

AOKA Asadjon Xo'jaev

Baholaganlar

32

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing