Anjelina Joli ayollar zo‘ravonligiga qarshi kurashuvchi xayriya fondini yopmoqchi

Madaniyat-san’at

image
0:00
0:00
download

Gollivud aktrisasi Anjelina Joli ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi o‘zining xayriya jamg‘armasini yopishga qaror qildi. Bu haqda Britaniyaning “Daily Mail” gazetasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, u moliyaviy qiyinchiliklar tufayli shunday qarorga kelgan. Jamg‘arma Joli va sobiq Britaniya konservativ rahbari Uilyam Xeyg tomonidan 2015 yilda tashkil qilingan edi.

O‘zining butun faoliyati davomida aktrisa tashkilotga 2,11 million AQSH dollariga yaqin sarmoya kiritgan. Biroq hozirda jamg‘arma hisobida bor-yo‘g‘i 65 ming AQSH dollari qolgani aytilmoqda. Shu bilan birga, jamg‘armaning kreditorlar oldidagi qarzi 2 million AQSH dollarini tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, Anjelina Joli 2022 yilning dekabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) qochqinlar bo‘yicha maxsus vakili lavozimidan ketgandi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Anjelina Joli xayriya fondi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing