Anomal issiqlik: Parijda bir sutkada 109 kishi vafot etdi

Olam

image

Fransiya poytaxti Parijda anomal issiqlik fonida bir sutka ichida 109 ta o‘lim holati qayd etildi, vaholanki yilning shu davrida kunlik o‘rtacha ko‘rsatkich yettitani tashkil etardi. Bu haqda tez tibbiy yordam xizmatiga tayanib, “Franceinfo” xabar berdi.

“Juma kuni, 26 iyunda poytaxtda havo harorati deyarli 39 darajaga yetganida, 24 soat ichida 109 kishi vafot etdi”, deyiladi xabarda.

Aniqlik kiritilishicha, ushbu statistikaga faqatgina tez yordam xodimlari tomonidan uylarda va jamoat joylarida qayd etilgan o‘lim holatlari kiritilgan. Shifoxonalarda yuz bergan o‘lim holatlari bu ma’lumotlarga qo‘shilmagan.

Qayd etilishicha, xuddi shu davr mobaynida shifokorlarga 3,4 mingga yaqin chaqiruv kelib tushgan.

“Family Obsèques” dafn marosimlari byurosi direktori Faben Yuge jurnalistlarga bergan intervyusida anomal issiqlik tufayli o‘lim holatlari ko‘payganligi sababli Parijdagi morglar to‘lib ketganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1947 yildan buyon yuritib kelinayotgan meteorologik kuzatuvlar tarixida Fransiyada 23, 24 va 25 iyun kunlari eng issiq uch kun sifatida qayd etilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing