Anqarada terakt uyushtirganlar Suriyadan paraplanda uchib kelgan – Turkiya IIV

Olam

image

Turkiya poytaxti Anqara shahridagi Ichki ishlar vazirligi binosi yonida terakt uyushtirgan xudkush-terrorchilar mamlakat hududiga Suriyadan motorli paraplan (motorli parashyut) yordamida uchib kelgan. Bu haqda Turkiya Ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya ma’lum qildi

Unga ko‘ra, joriy yilning 1 oktyabr kuni vazirlik binosi yonida terakt sodir etgan terrorchilar hech qanday yo‘l bilan Turkiya chegarasini kesib o‘tmagan. Katta ehtimol bilan ular havo orqali motoparaplanda uchib kelgan. 

“Jinoyatchilar hujumdan bir kun oldin Qaysari viloyatida mashina egasini o‘ldirgan holda unga ega chiqib, Anqara tomonga otlangan. Mahalliy aholi o‘g‘irlik haqida politsiyaga xabar bergan, biroq avtomashina raqami transport vositalarining respublika bazasida emas, balki viloyat hududida qidiruvga berilgan. Shu bois terrorchilar Anqaraga osonlik bilan kirib kelgan”, deydi Ali Yerliqoya.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 oktyabr kuni tongda Anqaradagi Turkiya Ichki ishlar vazirligining Xavfsizlik bosh boshqarmasida terakt sodir etishga urinish bo‘ldi. Ikki erkak mashinada bino oldiga borgan. Ulardan biri o‘zini portlatib yuborgan, ikkinchi terrorchi otib o‘ldirilgan. 

Shundan so‘ng, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakatning tinchlik va xavfsizligini buzishga urinayotgan terroristlar hech qachon maqsadlariga erisha olmasligini aytib chiqdi. Kurdiston ishchilar partiyasi terrorchi tashkiloti mazkur terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

Terakt ortidan mamlakatda “Qahramonlar” operatsiyasi boshlandi. Turkiya xavfsizlik kuchlari keng ko‘lamli operatsiya doirasida 900 dan ortiq kishini terrorizmga aloqadorlikda gumon qilib qo‘lga oldi.

Keyiroq Turkiya Ichki ishlar vazirligi Anqaradagi Ichki ishlar vazirligi binosi yonida terakt uyushtirgan xudkush-terrorchining shaxsini aniqladi, u respublikada taqiqlangan Kurdiston Ishchilar partiyasi (KIP) a’zosi bo‘lib chiqdi


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya terakt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made