Anqaradagi Turkiya IIV binosiga terrorchilar hujum qildi (video)

Olam

image

Anqaradagi Turkiya Ichki ishlar vazirligining Xavfsizlik bosh boshqarmasida terakt sodir etishga urinish bo‘ldi. Bu haqda “Haberler.com” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ikki erkak mashinada bino oldiga borgan. Ulardan biri o‘zini portlatib yuborgan, ikkinchi terrorchi otib o‘ldirilgan. Yong‘in paytida ikki nafar politsiyachi yengil tan jarohati olgan.

Terrorchilarning mashinasi maxsus kuchlar va sapyorlar tomonidan sinchiklab tekshirilmoqda.

Ayni damda voqea sodir bo‘lgan Otaturk bulvari bo‘ylab harakat to‘sib qo‘yilgan, voqea joyiga ko‘plab politsiya mashinalari va tez yordam mashinalari yetib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

terakt Anqara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing