Anqarada ommaviy yig‘ilishlar taqiqlandi

Olam

image

Anqara gubernatori boshqarmasi 26 martdan 1 aprelgacha ommaviy tadbirlar, yig‘ilishlar va mitinglarni o‘tkazishni taqiqladi. Bu haqda mahalliy ma’muriyatning tegishli bayonotiga tayanib, “Yeni Şafak” xabar berdi

“26 mart kuni soat 00:00 dan 1 aprel soat 23:59 gacha yopiq binolar va ochiq joylarda ommaviy yig‘ilishlar, namoyishlar, yurishlar, matbuotga bayonot berish, o‘tirib norozilik bildirish, imzo yig‘ish kampaniyalari va shunga o‘xshash tadbirlar hamda varaqalar tarqatish va bannerlar ilish taqiqlanadi”, deyiladi gubernator bayonotida.

Bunga so‘nggi kunlarda Turkiyada, ayniqsa, yirik shaharlar – Anqara, Istanbul va Izmirda kuchli norozilik namoyishlari kuzatilayotgani sabab bo‘lgan. Ushbu noroziliklarning asosiy sababi – 23 mart kuni Istanbul hokimi Ekrem Imomo‘g‘lining hibsga olinishi. 19 martdan beri har kuni namoyishlar o‘tkazilmoqda, odamlar Imomo‘g‘lini qo‘llab-quvvatlab, hukumatga norozilik bildirmoqda. Ayrim mitinglar politsiya bilan to‘qnashuvlar bilan yakunlanmoqda. Shu sababli, hukumat Anqara va boshqa shaharlarda namoyishlarni vaqtincha taqiqlashga qaror qildi.

Shuningdek, mahalliy hukumat fuqarolardan qonunlarga rioya qilishni va tartibsizliklardan tiyilishni so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya politsiyasi Istanbul hokimi Ekrem Imomo‘g‘lining hibsga olinishiga qarshi o‘tkazilgan norozilik namoyishlari chog‘ida 1,1 mingdan ortiq kishini qo‘lga olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

miting Anqara yig'ilish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing