Angrenda o‘quvchilar bitiruv kechasi uchun o‘g‘rilik qildi
3-sahifa
−
23 may 14595 1 daqiqa
Toshkent viloyati Angren shahrida 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasidagi xarajatlarni qoplash uchun o‘g‘irlik qildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yil 17 aprel kuniga o‘tar kechasi Angren shahri “Nurchi” mahallasida noma’lum shaxs Damas rusumli avtomashinadan pul mablag‘lari o‘g‘irlangani haqida hududiy Ichki ishlar bo‘limiga xabar tushgan. Holat o‘rganilib, tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor choralar natijasida bu ishni 15-17 yoshdagi to‘rt nafar maktab o‘quvchisi sodir etgani aniqlangan va ular protsessual tartibda ushlangan. Dastlabki tergov davomida gumonlanuvchilar o‘g‘irlangan pullarni maktab bitiruv kechasi uchun kerak bo‘lgan xarajatlarni qoplash maqsadida olganini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand shahrida 17 yoshli qiz o‘z uyidan onasiga tegishli bo‘lgan qiymati 120 mln so‘mga teng 15 turdagi tilla-taqinchoqlarni o‘g‘irlagandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr