Angrenda IIB tergovchisi pora bilan ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Angren shahrida Tergov bo‘limi katta tergovchisi 5 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati Angren shahar Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi katta tergovchisi o‘z ish yurituvida bo‘lgan tergovga qadar tekshiruv ishi doirasida fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik va tegishli tartibda chora ko‘rmaslik evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Ichki ishlar vazirligining Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pul mablag‘idan 5 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Bildirilishicha, holat yuzasidan tergovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Zangiota tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi 20 ming AQSH dollari pora bilan ushlangan edi. U mahalliy fuqaroga tegishli uyning yonida joylashgan va davlat zaxirasida bo‘lgan 8 sotix yer maydonini tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun tuman hokimligi tomonidan tuziladigan ishchi guruh orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 40 ming AQSH dollari talab qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

pora Angren IIB tergovchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing