Angliyadagi do‘kon ostidan 2000 yillik quduq topildi
Bu qiziq
−
24 mart 4992 1 daqiqa
Angliyada ishchilar bino ostidan taxminan 2000 yillik qadimgi Rim davriga oid quduqni topdi. Bu haqda “Jam Press” xabar berdi.
Qayd etilishicha, arxeologik topilmani Linkolnshir grafligining Kaystor shahridagi binoni ta’mirlayotgan ishchilar aniqlagan. Do‘kon hovlisida taxminan ikki ming yil avval, Rim davrida qurilgan deb taxmin qilinayotgan quduq topilgan.
Shahar ma’muriyati vakili Pol Kirkbining so‘zlariga ko‘ra, ishchilar avvaliga yopqichlarga duch kelgan, ularning ostida esa qadimiy quduq bo‘lgan. Qayd etilishicha, inshoot keyinchalik Georg davri g‘ishtlaridan foydalanilgan holda qisman qayta qurilgan.
“Bu mutlaqo kutilmagan voqea bo‘ldi. Hozirda quduq yana yopib qo‘yildi, ammo kelajakda uni qayta tiklash va ekspozitsiyaning bir qismiga aylantirish uchun mablag‘ topishga umid qilamiz”, deydi Kirkbi.
Quduq joylashgan bino Georg davriga mansub bo‘lib, unda Viktoriya davri me’morchiligi elementlari ham bor. Hozirda ob’ekt rekonstruksiya qilinmoqda. Ishlarni 2026 yil yozining oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq paleontologlar Tyrannosaurus rex nafaqat o‘laksaxo‘r bo‘lgani, balki yirik o‘txo‘r dinozavrlarni faol ov qilganiga oid nodir va to‘g‘ridan to‘g‘ri dalilga ega bo‘lgandi.
Live
Barchasi