Chadda qabilalarning quduq uchun kurashida 42 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Chadning sharqiy qismida joylashgan Vadi Fira viloyatidagi suv qudug‘i uchun boshlangan mojaro oqibatida kamida 42 nafar mahalliy aholi qurbon bo‘ldi, 10 kishi esa turli darajadagi tan- jarohatlarini olgan. Bu haqda mamlakat hukumatiga tayanib, BBC xabar berdi.

Qayd etilishicha, mojaro dastavval kichik bir qishloqdagi 2 oilaning suv qudug‘i o‘rtasidagi tortishuvi oqibatida yuzaga kelgan. Ziddiyat keng hududlarga yoyilib, dastlab oilalar, so‘ngra qabilaviy to‘qnashuvlarni keltirib chiqargan. Oddiy tortishuv qabilalar o‘rtasidagi qasos sikliga aylanib ketishi oqibatda ko‘plab uylar va odamlar yoqib yuborilgan.

Chad parlamenti Bosh vazir o‘rinbosari Limane Mahamat boshchiligidagi delegatsiya hududga yuborilgani hamda vaziyat davlat nazoratiga olinganini xabar qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Markaziy Afrika davlatlarida jamoalarning qonli to‘qnashuvlari tez-tez uchrab turadi. Ko‘pincha mojarolar mahalliy fermerlar va chorvadorlarning yer va suvlarni bo‘lisha olmasligi va uzoq yillik etnik ziddiyatlar ortidan vujudga keladi.

So‘nggi oylarda qo‘shni Sudandagi fuqarolar urushidan qochgan qochqinlarning mamlakatga kirib kelishi ozuqa resurslari va xavfsizlik borasidagi keskinlikni yanada oshirgan. Bu esa qabilalar orasidagi suv va yaylovlar uchun o‘zaro kurshlarni avj oldirmoqda.

Bugun, 27 aprel kungi parlament kengashida mamlakat Bosh vaziri Allamaye Xalina hukumat Sudandagi mojaro chegara hududini beqarorlashtirmasligi uchun barcha zarur choralarni ko‘rayotganini aytgan. 

Xalqaro global inqirozlarni tahlil qilish markazining hisobotlariga ko‘ra, Markaziy Afrikada 2021-2024 yillar oralig‘ida bo‘lib o‘tgan 100 ga yaqin to‘qnashuvlarda 1000 dan ortiq inson halok bo‘lgan, 2000 ga yaqin inson esa turli darajadagi tan-jarohatlarini olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nigeriyada qurolli guruh tomonidan universtitetga imtihon topshirish uchun ketayotgan maktab o‘quvchilarining o‘g‘irlab ketilgani haqida xabar berilgan edi.

Hojiakbar Muhammadjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

quduq Chadda qabilalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing