Nigeriyada yana o‘quvchilar o‘g‘irlab ketildi

Olam

image

Joriy yilning 16 aprel kuni Nigeriyaning Benue shtatidagi yuqori maktab o‘quvchilari mahalliy universtitetga imtihon topshirish uchun ketayotganda qurollangan shaxslar tomonidan hujumga uchradi va o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda shtat gubernatorligiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Benue shtati gubernatori Xuyasint Aliyaning aytishicha, hodisa mahalliy universtitetga yaqin hududda, Makurdi-Otukpo yo‘lida sodir bo‘lgan. Gubernator qancha o‘quvchi o‘g‘irlab ketilganini ochiqlamagan. Ammo mahalliy OAVlar terrorchilar 17 bolani o‘g‘irlab ketganini yozgan.

“Bu ishni qo‘rqoq odamlar qilganiga ishonaman. Begunoh odamlarni, ayniqsa imtihon topshirgani ketayotgan o‘quvchilarga hujum qilishni hech qanday yo‘l bilan hazm qilib bo‘lmaydi. Bu ish har qanday insoniylik va fuqarolik tartibiga ziddir. Biz mahalliy politsiya va qutqaruv guruhlariga ularni zudlik bilan topishni va bolalarni qutqarish zarurligini aytdik. Jinoyatchilar kutganlaridan ham og‘irroq jazoga tortiladilar”, deydi shtat gubernatori. 

Hujum mahalliy guruh va mafiyalarning yer talashuvidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. 

Nigeriyaning shimoliy hududlari, jumladan, Benue va qo‘shni Plato shtatlarida dehqon va chorvador aholi yillar davomida qurolli guruhlar o‘rtasidagi hosildor yerlar uchun uyushtirilgan halokatli to‘qnashuvlardan aziyat chekmoqda.

Hukumat mamlakatning shimoliy shtatlarida zo‘ravonlik 2025 yilda o‘tgan yilga nisbatan 71 foizga oshganini, bu asosan qurolli guruhlarning faolligi ortishi bilan bog‘liqligini qayd etgan. Bunday hududlarda hosildor yerlarning kamligi hamda aholining ishsizligi zo‘ravonlik holatlarini keskin oshishiga sabab bo‘lgan. 

Mahalliy yer egalari ishsiz erkaklarni qurolli hujumlarga yollab, o‘g‘irlanganlarning oila a’zolaridan yer va katta miqdorda pul talab qiladi. Bu kabi hujumlarning qurboni ko‘pincha voyaga yetmagan bolalar va maktab o‘quvchilari bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nigeriyada jangarilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan katolik maktab-internatining 100 nafar o‘quvchi qizi ozod qilingani haqida xabar berilgan edi.

Hojiakbar Muhammadjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

o'quvchilar hujum Nigeriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing