Samarqandda qizaloq quduqqa tushib ketdi
Jamiyat
−
08 noyabr 5145 1 daqiqa
Kecha, 7 noyabr kuni Samarqand viloyatining Samarqand shahrida yosh qizaloq quduqqa tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 22:48 da FVBga shaharning “Abu Rayxon Beruniy” ko‘chasidagi quduqqa qizaloq tushib ketgani, uni qutqarish bo‘yicha amaliy yordam zarurligi to‘g‘risida murojaat kelib tushgan.
Xabarga asosan, FVV qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borib, maxsus qutqaruv anjomlari yordamida quduqqa tushib, qizaloqni sog‘-salomat qutqarib olgan hamda ota-onasiga topshirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatining Baxmal tumanida qutqaruvchilar hojatxonaga tushib ketgan bolaning hayotini saqlab qolgandi.