Angliya terma jamoasining buyumlarini o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi
Sport
−
13 iyun 3420 1 daqiqa
AQSH politsiyasi Angliya terma jamoasining mashg‘ulot bazasidan butsa va to‘plarni o‘g‘irlashda gumon qilinayotgan ikki kishini hibsga oldi. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.
Avvalroq, Angliya terma jamoasining Missuri shtati Kansas-Siti shahrida bo‘lib o‘tadigan birinchi mashg‘ulotidan oldin futbolchilarning butsalari, rasmiy turnir to‘plari va asosiy mashg‘ulot jihozlari o‘g‘irlangani haqida ma’lum qilingan edi.
Manbalarga ko‘ra, yuklar orasida faqat bitta futbol to‘pi qolgan, shuningdek, terma jamoaning yetakchi futbolchilari Harri Keyn va Jud Bellingemning butsalari ham yo‘qolgan.
Nashrning yozishicha, politsiya vakillari voqea yuzasidan tergov ishlari davom etayotganini bildirgan.
Ma’lumot uchun, Angliya terma jamoasining Jahon chempionatidagi ilk o‘yini joriy yilning 17 iyun kuni Xorvatiyaga qarshi o‘tkaziladi. Tomas Tuxel boshchiligidagi jamoa keyinchalik Gana (23 iyun) va Panama (28 iyun) terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Live
Barchasi