Angliya Premer-ligasi qachondan davom ettirilishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Koronavirus epidemiyasi tufayli to‘xtatilgan Angliya Premer-ligasi (APL) 8 iyun kuni qayta tiklanishi mumkin. Bu haqda Britaniyaning raqamli texnologiyalar, madaniyat, ommaviy axborot vositalari va sport vaziri Oliver Douden ma’lum qildi.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, eng yaxshi ssenariy bo‘yicha 2019/20 yilgi chempionat iyun oxiriga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan. 18 may kuni jamoalar to‘liq mashg‘ulotlarga qaytishlari kerak.

“Men shaxsan Premer-ligada barcha futbol jamoatchiligini qo‘llab-quvvatlash uchun chempionatni qayta boshlash maqsadida muzokaralar o‘tkazdim. Albatta, har qanday qadamlar sog‘liqni saqlash bo‘yicha ko‘rsatmalarga muvofiq bo‘lishi zarur bo‘ladi”, dedi Douden.

Ma’lumot o‘rnida, koronavirus sababli Yevropadagi barcha mahalliy chempionatlar, jumladan, Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi futbol musobaqalari to‘xtatilgan edi. Shundan so‘ng, ushbu ikki musobaqa bahslari qachondan boshlanishi haqida xabar berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Angliya Prem'er-ligasi

Baholaganlar

40

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing