Angliya Premer-ligasi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Angliyaga ham futbol qaytmoqda. Bugun, 28 may kuni Angliya Premer-ligasi rasmiy saytida chempionat bahslari 17 iyundan davom ettirilishi e’lon qilindi.

“Premer-liga aksiyadorlari barcha ehtiyot choralari va talablarga rioya qilingan holda chempionat uchrashuvlarining 17 iyun kunidan davom ettirilishi borasida kelishuvga erishishdi”, deyilgan APL xabarida.

Oldinroq, dastlab qoldirilgan o‘yinlar – “Aston Villa” – “Sheffild Yunayted” va “Manchester Siti” – “Arsenal” uchrashuvlari 17 iyun kuni o‘tkazilishi haqida xabar berilgandi. Navbatdagi o‘yinlar 19-20 iyun kunlari o‘tkaziladi. Mavsum 1-2 avgustgacha yakunlanishi, 8 avgustda esa Angliya kubogi finali o‘tkazilishi aytilgan edi.

Ma’lumot uchun, Yevropada "kuchli beshlik" chempionatlaridan birinchi bo‘lib Bundesliga bahslari qayta tiklangandi. Germaniyada 16 may kuni o‘yinlar boshlandi. Keyinroq Ispaniyada ham La Liga bahslari 8 iyundan davom ettirilishi ma’lum bo‘ldi. Italiya A Seriyasi esa dastlab 31 maydan boshlanishi aytildi. Keyinroq esa klublar 13 iyundan o‘yinlani davom ettirishga kelishib olgani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

APL futbol

Baholaganlar

139

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing