Angliya kubogi o‘yini vaqtida muxlis vafot etdi

Sport

image

Kecha, 11 yanvar kuni Angliya kubogining 1/8 final bosqichida doirasidagi “Norvich Siti” va “Uolsoll” jamoalari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin davomida mezbon jamoa muxlisi stadionda vafot etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Klub bayonotida aytilishicha, uchrashuv davomida muxlisga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilgan, biroq uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.

“Marhumning oila a’zolariga xabar berildi va klub ushbu og‘ir pallada ularga har tomonlama yordam ko‘rsatadi. Shuningdek, klub favqulodda holat paytida o‘z vazifasini sidqidildan bajargan tibbiy xodimlar, xavfsizlik xizmati va atrofdagi muxlislarga chuqur minnatdorlik bildiradi”, deyiladi “Norvich Siti” bayonotida.

Ma’lumot uchun, ushbu bahsda “Norvich Siti” “Uolsoll”ni 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, Angliya Kubogining keyingi bosqichiga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Angliya Premer-ligasi 20-tur  doirasidagi “Lids Yunayted” va “Manchester Yunayted” uchrashuvi oldidan mezbon jamoa muxlisi stadionda vafot etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

vafot etdi Angliya kubogi “Norvich Siti” “Uolsoll”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing