Angliya klubi Benzemani ijaraga olmoqchi

Sport

image

Londonning “Arsenal” klubi fransiyalik hujumchi Karim Benzemani mavsum oxirigacha ijaraga olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “TEAMtalk” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “kanonirlar”ning futbolchini qo‘lga kiritish uchun kurashdagi raqibi Londonning “Chelsi” jamoasi bo‘ladi. Benzema o‘tgan yozda erkin agent sifatida “Al-Ittihod”ga o‘tgandi. Joriy mavsumda forvard barcha turnirlarda 24 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining Saudiya klubi bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra futbolchining taxminiy narxi 15 million yevroni tashkil qiladi.

“Arsenal” joriy mavsum Angliya chempionatining 20-turidan so‘ng 40 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Benzema Fransiya IIVni sudga bergani xabar qilingandi. 

Fransiya Ichki ishlar vaziri Jerald Darmanin “Oltin to‘p” egasi Karim Benzemaning terror tashkiloti bilan aloqasi borligini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Karim Benzema

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing