Angliya chempionatining eng yaxshi futbolchisi kim bo‘ladi?
Sport
−
18 avgust 2023 2942 1 daqiqa
Professional futbolchilar assotsiatsiyasi (PFA) Angliya chempionatining 2022/2023 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun 6 nafar nomzodni e’lon qildi.
PFA nomzodlari: Kevin De Bryuyne, Erling Xoland, Jon Stounz (barchasi “Manchester Siti”), Harri Keyn (“Tottenxem”/“Bavariya”), Martin Edegor va Bukayo Saka (“Arsenal”).
2021/2022 yilgi mavsum yakunida Professional futbolchilar assotsiatsiyasi “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohni eng yaxshi futbolchi deb topgandi.
Qayd etish joiz, bu yil mazkur sovrin 50-marotaba o‘z egasini topadi.
2022/2023 yilgi mavsumda “Manchester Siti” 89 ochko jamg‘arib, Angliya chempioniga aylangandi. “Arsenal” ikkinchi, “Manchester Yunayted” uchinchi o‘rinni egalladi. “Nyukasl” 71 ochko bilan kuchli to‘rtlikka yakun yasadi.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust