Xoland soch turmagi sababli aviakompaniyani sudga berdi

Sport

−

image

“Manchester Siti” va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland Norwegian Air Shuttle aviakompaniyasini sudga berdi. Bu haqda “Goal” xabar qildi.

Qayd etilishicha, da’vo Xoland va Britaniyaning York Promotions Ltd kompaniyasi nomidan Oslo tuman sudiga kiritilgan. Ish bo‘yicha dastlabki videokonferensiya joriy yilning 9 oktyabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Nizo aviakompaniyaning ijtimoiy tarmoqlarda Jahon chempionati vaqtida e’lon qilgan reklamasidan kelib chiqqan. Unda Norwegian samolyotining tasviriga Xolandning o‘ziga xos sariq soch turmagi – dumcha raqamli tarzda qo‘shilgan va “Biz hech qachon bunday norvegiyalikni ko‘rinmaganmiz”, degan yozuv joylashtirilgan.

Mazkur postlar keyinchalik o‘chirib tashlangan. Aviakompaniya esa reklamani shunchaki hazil va sportchiga muxlislik sifatida izohlagan.

Norwegian kompaniyasi matbuot vakili Eyvind Xammer Myure suddan chaqiruv kelganini tasdiqlagan. Uning aytishicha, kompaniya da’voni tushunmagan va kelgusida ham norvegiyalik sportchilarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘lishni istaydi.

Bergen universitetining marketing huquqi bo‘yicha professori Tore Lunde esa Xolandning da’vosi huquqiy jihatdan asosli bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Mutaxassislar Norvegiya qonunchiligi sportchilarning tashqi ko‘rinishi va shaxsiy imjidan kompaniyalar tomonidan ruxsatsiz tijoriy foydalanishiga cheklovlar qo‘yishini ta’kidlamoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing