Xoland yaqin oylarda “Siti”ni tark etishi mumkin
Sport
−
08 aprel
3031“Manchester Siti”ning norvegiyalik hujumchisi Erling Xoland jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda “El Nacional” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi so‘nggi natijalar tufayli ingliz klubidan norozi, shu sababli u jamoasini o‘zgartirish imkoniyati ko‘rib chiqmoqda. Erling klubni tark etish to‘g‘risida yakuniy qarorga kelsa, uni ushlab turish qiyin bo‘ladi, garchi uning shartnomasi 2034 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lsa ham.
PSJ va “Bavariya” futbolchi atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda.
Qayd etish joiz, Erling Xoland Angliya kubogi chorak finalida “Bornmut”ga qarshi o‘yinda (2:1) to‘pig‘idan jarohat olgan edi. “Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola norvegiyalik futbolchi 5-7 hafta maydonga tushmasligini aytdi.
Joriy mavsumda Xoland “Manchester Siti” safida barcha turnirlar doirasida 40 ta o‘yin o‘tkazib, 30 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.
LiveBarchasi