“Real” “Siti” futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Sport

image

Madridning “Real” klubi Saudiya Arabistoni klublari tomonidan qiziqish bildirilayotgan braziliyalik futbolchi Vinisius Junior jamoani tark etgan taqdirda klubning asosiy transfer maqsadi sifatida “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xolandni nishonga oldi. Bu haqda “Madrid Universal” xabar berdi.

Madridliklar hozirda jarohat oqibatida mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborayotgan Erling Xoland atrofidagi voqealarni diqqat bilan kuzatib bormoqda. 24 yoshli hujumchining o‘zi ham mavsum yakunlangach, “shaharliklar” safini tark etish niyatida.

Ma’lumot uchun, “Transfermarkt” portali Xolandning narxini 200 million yevroga baholagan. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2034 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Joriy mavsum forvard “Siti” safida barcha musobaqalarda 40 ta bahsda maydonga tushib, 30 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Manchester Siti Erling Xoland

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing