Angliya chempionati futbolchilari zo‘ravonlikda gumonlanmoqda
Sport
−
24 aprel 2024 7122 1 daqiqa
Angliya chempionati klublaridan birida to‘p surayotgan ikki nafar futbolchi jinsiy zo‘ravonlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda “The Sun” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, taxmin qilinayotgan jinoyat 19 aprel kuni kechqurun sodir bo‘lgan.
Hozircha futbolchilarning ismi oshkor etilmagan.
Har ikki futbolchi ham 19 yoshda ekani va ular o‘z klubi stadioni yaqinida qo‘lga olingani aytilmoqda. Politsiya o‘yinchilarning ko‘rsatma berganini tasdiqlagan va futbolchilar tergovgacha garov evaziga qo‘yib yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda 21 yoshli sportchi qizni zo‘rlab o‘ldirishda ayblangan mahkum holat bo‘yicha norozilik bildirgani xabar qilingandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust