21 yoshli sportchi qizni zo‘rlab o‘ldirishda ayblangan mahkum norozilik bildirdi

Olam

image

Qozog‘istonning Mang‘istau viloyati sudi 21 yoshli aqtaulik sportchi qiz Valeriya Shalnovani zo‘rlab o‘ldirishda aybdor deb topilgan shaxsning apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqdi. Bu haqda "Orda.kz" xabar berdi.

Nashrning yozishicha, mahkumning advokatlari hukmni bekor qilishni va sudlanuvchini oqlashni talab qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avvalroq jinoyat ishlari bo‘yicha Mang‘istau viloyati tumanlararo ixtisoslashtirilgan sudi ushbu ish bo‘yicha gumonlanuvchini aybdor deb topgan. Sud xulosasiga ko‘ra, u Valeriya Shalnovaga jinsiy tajovuz qilib, jinoyatini yashirish uchun sportchini o‘ldirgan.

O‘shanda ham ayblanuvchi o‘z aybini tan olmagan. Shunga qaramay, sud uni 22 yilga ozodlikdan mahrum qilgan.

Bu safar ham mahkum va uning himoyachilari apellyatsiya shikoyati bilan sudga murojaat qilgan. Ammo viloyat sudi advokatlarning vajlarini ko‘rib chiqib, avvalgi sud qarorini o‘z kuchida qoldirgan.

“Hukmni o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asos yetarli emas. Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining hal qiluv qarori bilan birinchi instansiya sudining hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi”, deyilgan viloyat sudi xabarida.

Ma’lumot uchun, aqtaulik 21 yoshli sportchi Valeriya Shalnovaning o‘ldirilishi 2023 yilning eng mashhur jinoyatlaridan biriga aylandi. Qizning jasadi MAEZ (Mang‘istau atom energetika zavodi) suv havzasidan topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Valeriya Shalnovani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing