Andijonlik bloger 15 sutkaga qamaldi
Jamiyat
−
31 dekabr 2019
8015Ijtimoiy tarmoqlarda andijonlik bloger Otabek Nuriddinovning hibslangani haqida xabarlar tarqaldi. Qayd etilishicha, u oxirgi paytlar Asaka tuman byudjet sarfi haqida materiallar yig‘ib yurgan.
U kecha, 30 dekabr kuni ertalab 10:30 lar atrofida uyidan chiqib ketgan va qaytmagan.
Mazkur holat bo‘yicha Asaka tuman prokuraturasi rasmiy bayonot berdi. Unda shunday deyiladi:
“Asaka tuman prokuraturasi tomonidan Surxandaryo viloyati, Sariosiyo tumanida tug‘ilgan, Asaka tumani, Ibn Sino MFY, Shinam ko‘chasi, 23-uyda yashovchi fuqaro Abdufatto (Otabek) Kamolitdinovich Nuriddinov Asaka tuman IIB tomonidan Ma’muriy javobgarlikka tortish haqida qaror qabul qilinganligi aniqlandi.
O‘rganish davomida, Abdufatto (Otabek) Nuriddinov O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40-moddasi, 41-moddasi, va 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan.
Andijon viloyati ma’muriy sudining 30.12.2019 yildagi qaroriga asosan Abdufatto Nuriddinovga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida 6.690.000 so‘m jarima jazosi, mazkur kodeksning 41-moddasi bilan 30 baravari miqdorida 6.690.000 so‘m jarima jazosi, 183-moddasi bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Bundan tashqari, sudning qaroriga asosan A.Nuriddinovni qamoqda bo‘lgan har bir kuni uchun 33.450 so‘m miqdorida, jami 501.750 so‘m qamoqda saqlash harajatlari undirilishi belgilangan.
Shuningdek, mazkur qarorni ijro qilish Andijon shahar IIB zimmasiga yuklatilganligi ma’lum qilinadi”.
LiveBarchasi