Andijondan Nukusga 20 ga yaqin bolani Damas'da olib ketayotganlar aniqlandi

3-sahifa

image

Yigirmaga yaqin bolalar 3 ta Damasʼda Andijondan Qoraqalpog‘istonga olib ketilayotgani aniqlandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 15 dekabr kuni A-380 avtomobil yo‘lining Buxoro viloyati hududidan o‘tuvchi 325-kilometrida 3 ta Damas to‘xtatib tekshirilgan. Ularda 3 nafar murabbiy va 20 ga yaqin bola borligi aniqlangan.

YHXX axborotiga ko‘ra, bolalar Nukus shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan kurash musobaqasiga borish uchun taxminan 1,5 ming kilometr yo‘l bosishgan. Har bir avtomobil 6−7 nafar bola va bir murabbiyni tashigan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan sport maktablari va tegishli shaxslar bilan yig‘ilish o‘tkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Damas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing