Xonoboddan Mo‘ynoqgacha turizm koridori tashkil etiladi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish va avtomagistral yo‘llari bo‘ylab turizm xizmatlarini tashkil etishni nazarda tutuvchi Andijon viloyatining Xonobod shahridan Surxondaryo viloyatining Termiz shahriga bog‘langan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq shahrigacha “O‘zbekiston turizm magistrali” turizm transport koridorini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

“O‘zbekiston turizm magistrali” turizm transport koridori bo‘ylab avtomagistral yo‘llari va yo‘lbo‘yi infratuzilmasi holatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tarkibda tashkil etildi va unga quyidagi vakolatlar berildi:

kapital va joriy ta’mirga muhtoj yo‘l uchastkalarini aniqlash, shuningdek, yaratiladigan yo‘lbo‘yi infratuzilmasi ob’ektlarining joylashuvini belgilash;

yo‘lbo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlarga ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tishda (yer uchastkalarini ajratish, qurilishga ruxsat olish) ko‘maklashish;

tegishli davlat organlari tomonidan ularning vakolatiga kiruvchi muammoli masalalarni (yo‘l ko‘rsatkichlar o‘rnatish, sanitariya-gigiyena shoxobchalarini qurish va boshqalar) hal etish bo‘yicha topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilish.


Maqola muallifi

Teglar

turizm farmon

Baholaganlar

8

Reyting

2.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing