Andijondagi “Jahon bozori”da yong‘in chiqdi
3-sahifa
−
27 fevral 5040 1 daqiqa
Kecha, 26 fevral kuni Andijon viloyatida “Jahon bozori” nomi bilan tanilgan savdo majmuasida yong‘in chiqdi. Bu haqda Andijon viloyati FVB xabar berdi.
Bildirilishicha, soat 20:10 da Andijon shahar Nayman ko‘chasida joylashgan tadbirkorlik sub’ektiga tegishli bo‘lgan savdo do‘konida yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan. Soat 20:12 da hududga yaqin masofada bo‘lgan bo‘linmalar aytilgan manzilga yetib borgan va 20:35 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida savdo do‘konining 80 metr kvadrat maydonida shift tom qismi va savdo do‘koni ichidagi buyumlar zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan.
Hozirda yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan qurilish olib borilayotgan binoda yong‘in bo‘lgandi. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Mohimbegim Ma’rufaliyeva
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr