Kurs UZS

USD

12 968.38

-4.93

EUR

14 343.03

14.01

RUB

152.37

1.18

Toshkentda sotuv ofisi yonib ketdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan Do‘mbirobod City turarjoylarining sotuv ofisida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 26 fevral kuni soat 02:18 da Toshkent shahar Chilonzor tumani “Tirsakobod” MFY hududida joylashgan qurilish olib borilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 02:21 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 02:46 da qurshab olingan va soat 02:54 da o‘chirilgan.

Bildirilishicha, hozirda yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan ishlab chiqarish korxonalarining birida yong‘in sodir bo‘lgan edi. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in Chilonzor sotuv ofisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing