Andijondagi tug‘uruqxonada sog‘lom chaqaloq vafot etgani aytilmoqda
3-sahifa
−
31 avgust 2022 6821 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Asaka tumanidagi tug‘uruqxonada sog‘lom bola vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Andijon viloyati prokuraturasi hodiga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 27 avgust kuni Asaka tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 2-tug‘uruq kompleksi shifokorlari tomonidan homilador bemor Z.J.ning qornida nobud bo‘lgan o‘g‘il jinsli homila jarrohlik yo‘li bilan olingan.
Mazkur holat yuzasidan Asaka tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
“Tekshiruvlar natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deyiladi prokuratura xabarida.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyining 10 kunida Shahrisabzdagi tug‘uruqxonada 3 nafar chaqaloq vafot etgani aniqlangandi.
Live
Barchasi