Andijonda “maska-shou”: Qurollangan niqobli IIB xodimlari fermerni kaltaklagani aytilmoqda

Jamiyat

image

Andijon viloyatining Bo‘ston tumanida “maska-shou” uyushtirilib,fermer IIB xodimlari tomonidan kaltaklangani aytilmoqda. Bu hqada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 24 sentyabr kuni “Bahodir” fermer xo‘jaligi dala shiyponiga bir guruh IIB xodimlari, niqobli va qurollangan guruh bostirib kirib, fermer xo‘jaligi boshlig‘i va a’zolarini qo‘rqitib, tutqinlikda ushlab turishgan. Ular shu bilan cheklanmay, fermer xo‘jaligi boshlig‘i B.Arabovni qorniga musht tushirib, haqorat qilishgan, shiypon devorini qulatishgan va o‘zlarini tanishtirishmagan. 

“Ularga Ichki ishlar vazirligidan kelgan xodim boshchilik qildi, u ham o‘zini tanishtirmadi. Zo‘ravonlar shiyponda qancha paxta borligi, nega klasterga topshirilmayotganini, tezroq topshirish kerakligini aytib vakolatiga kirmaydigan topshiriqlar berishdi. Adolat bormi o‘zi?”, degan deputatga murojaat qilgan fuqaro.

Xodimlar nohaqlikka yo‘l qo‘yganiga qaramay, murojaatchi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov adolat o‘rnatishiga umid qilgan.

“Bu bo‘yicha Ichki ishlar vaziri P.Bobojonovga yo‘llagan murojaatimizni e’lon qilishingizni so‘raymiz. Tezroq vazirga yetib borsa qonunbuzar, zo‘ravon xodimlariga chora ko‘rar edilar”, deydi murojaatchi.

Kusherboyev holatga o‘zining qisqa munosabatini bildirib, vazir vaziyatga xolis baho berishiga umid qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon fermer

Baholaganlar

778

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing