Andijondagi ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqishi oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
02 fevral
5321Bugun, 2 fevral kuni Andijon shahridagi ko‘p qavatli uylardan birida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi jarohatlandi. Bu haqda Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea Andijon shahrining Iqbol mahallasidagi 39-ko‘pqavatli uyning 61-honadonda sodir bo‘lgan. Soat 18:13 da honadonda gaz havo aralashmasining chaqnashi sababli yong‘in yuzaga kelgani to‘g‘risida Andijon viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
“Voqea joyiga 3 ta Yong‘in qutqaruv ekipajlari soat 18:18 da yetib borib, yong‘in soat 18:21 da to‘liq qurshab olingan, yong‘in soat 18:27 da batamom o‘chirilgan”, deyiladi FVB xabarida.
Bildirilishicha, FVV rahbariyati tomonidan vaziyat to‘liq nazoratga olingan.
Eslatib o‘tamiz, 25 yanvar kuni Andijon viloyati Shahrixon tumanida bozor yonib ketgandi.