Andijondagi ayanchli YTHda 3 nafar talaba halok bo‘ldi
3-sahifa
−
22 Sentabr 2021
10545Ijtimoiy tarmoqlarda kecha, 21 sentyabr kuni Andijon shahri, Bog‘ishamol dahasida Tracker ishtirokidagi ayanchli yo‘l-transport hodisasi oqibatida 3 nafar talaba halok bo‘lgani haqida videoxabarlar tarqaldi.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, ushbu hodisa oqibatida 3 nafar shaxs vafot etgan va 1 nafar shaxs tan jarohati olgan.
Mazkur holat yuzasidan bugun, 22 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda Andijon tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda, Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat o‘rnatilgan.