Andijonda ZIL haydovchisi uxlab qolib, elektr ustunga urildi
3-sahifa
−
04 noyabr 2025 3071 1 daqiqa
Andijon viloyatida haydovchi ZIL rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, uxlab qolishi oqibatida yo‘l markazida joylashgan elektr temir ustunga urildi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavsizligi xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kecha, 3 noyabr kuni soat 22:15 atrofida Andijon shahar “Madaniyat” MFY Oltinko‘l ko‘chasida, 1963 yilda tug‘ilgan haydovchi K.M. o‘zining ZIL 130 rusumli yuk transport vositasini boshqarib ketayotib, uxlab qolgan va qatnov qismining o‘rtasidagi elektr temir ustunga borib urilgan.
Ushbu YTH oqibatida haydovchi yengil tan jarohati olib, Andijon shahar shifoxonasiga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Andijon shahar YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Samarqand shahrida haydovchi Cobalt rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, uxlab qolishi oqibatida avtobusga urilgan edi.
Bunyod Keldiboyev
Live
Barchasi