Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi
3-sahifa
−
20 mart
1502Kecha, 19 mart kuni Andijon viloyatida Zil rusumli yuk transport vositasida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda viloyat IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 22:00 lar atrofida Asaka tumani “Navoiy” MFY hududidan o‘tgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘lida 1994 yilda tug‘ilgan haydovchi U.Sh. o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Zil-130 rusumli yuk transport vositasini “A-373 Toshkent-O‘sh yo‘lining Shahrixon” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib ketayotgan vaqtida transport vositasining elektr simlaridan chiqqan qisqa tutashuvi oqibatida avtomobilda yong‘in kelib chiqqan.
Ushbu yong‘in FVB Oltinko‘l tuman bo‘limi xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida jabrlangan shaxslar mavjud emas.
Mazkur holat yuzasidan hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari Asaka tumani FVB tomonidan olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati hududidan o‘tuvchi yo‘lda yuk tashuvchi transport vositasida yong‘in sodir bo‘lgandi.
LiveBarchasi