Andijonda yuk avtomobili katta tezlikda Matiz va Spark bilan to‘qnashdi (video)
Jamiyat
−
08 iyun 2021
12026Andijon viloyatida yuk avtomobili haydovchisi mast holatda boshqaruvni yo‘qotib, to‘xtab turgan Matiz va Spark bilan to‘qnashdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 5 iyun kuni soat 19:00 larda Andijon viloyati Andijon tumani “Zavroq” MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida haydovchi U.Z. “Gaz-5327” rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va avtomashinalarni ta’mirlash ustaxonasi old tomonida to‘xtab turgan Matiz hamda Spark rusumli avtomobillar bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Oqibatda hodisa joyida bo‘lgan fuqarolar — N.Q., O.Z., X.E., A.M. va voyaga yetmagan M.I.larga turli darajadagi tan jarohati yetgan. Yuk avtomobil haydovchisi tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilganda mastlik holati tasdiqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.