Andijonda YPX xodimini Spark’ning kapotida “sayr” qildirgan “shumaxer” ushlandi
Jamiyat
−
21 iyun 2021
7404Andijonda yo‘l-patrul xizmati inspektorining buyrug‘iga bo‘ysunmasdan qochib ketgan haydovchi qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, oq rangli Spark avtomashinasining haydovchisi, 3.19 raqamli yo‘l belgisiga amal qilmasdan harakatlanib kelayotgan bo‘lgan. Shu paytda Boburshox ko‘chasida xizmat vazifasini olib borayotgan YPX inspektori tomonidan haydovchiga to‘xtash ishorasi berilgan. U esa, xodimning buyrug‘iga bo‘ysunmay harakatlanishda davom etgan.
Shundan so‘ng, inspektor keyingi chorrahada turgan hamkasbiga qoidabuzarni to‘xtatishni aytgan. Inspektor uni to‘xtatishga urinib avtomashinaning yoniga borgan. Biroq Spark haydovchisi, uni mashinasining kapotida 50-60 metr masofagacha olib ketgan.
Inspektor mashinani to‘xtata olmagach, undan tushib qolgan. Qoidabuzar haydovchi esa, voqea joyidan qochib mashinasining raqamlarini yechib, tanishining uyiga yashirib qo‘ygan.
Xabarga ko‘ra, hozirda haydovchiga nisbatan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilingan va Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida qo‘lga olingan.
Sardor To‘lanboyev
LiveBarchasi