Andijonda yana 8 nafar bemor butkul sog‘aydi

Jamiyat

image

Andijon viloyatida 8 nafar bemor koronavirus kasalligidan tuzaldi. Bu haqda bugun, 21 aprel kuni Andijon viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

“Andijon shahridagi viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus infeksiyasiga chalingan navbatdagi 8 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular viloyat hokimligi hamda sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida Andijon shahridagi “Korona medlayn” xususiy shifoxonasiga reabilitatsiya uchun kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, sog‘ayganlardan 4 nafar erkak, 4 nafari ayol kishi. Ularning 1 nafari talaba, 2 nafari nafaqada, 1 nafari kichik tibbiyot xodimi, 2 nafari voyaga yetmagan, 2 nafari turli soha vakillaridan iborat. Sog‘ayganlardan 3 nafari Jalaquduq tumani hamda 5 nafari Andijon shahrida yashovchi fuqarolarni tashkil qiladi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu bemorlarda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. So‘nggi tekshiruvlar ushbu bemorlarda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi.

Shu bilan, mamlakatda koronavirusdan tuzalganlar soni 269 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha kasallanganlarning 5 nafari vafot etgan. 

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

39

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing