Andijonda to‘y kortejida “tomosha” ko‘rsatgan kuyovjo‘ralar jazolandi (video)

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta yigitlar mashinalardan tanalarini chiqarib, guruh bo‘lib harakatlangani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holatga Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu voqeada ishtirok etgan barchaning shaxsiga aniqlik kiritilgan.

“Mashinamda guruh-guruh bo‘lib harakatlandik. Mahallamizda to‘y bo‘lgandi. Shu kortejda qatnashgandik. Jiyanim tanasini mashinadan chiqarib oldi. Qilgan ishimdan pushaymonman, boshqa qaytarilmaydi”, deydi huquqbuzarlardan biri.

Mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilib, ushbu shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Avtomobillar esa jarima maydonchasiga olib borilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon jazo to'y korteji

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing