Andijonda shifokorlar xatosi sabab homilador ayol vafot etgani aytilmoqda
3-sahifa
−
10 sentabr 2024 6040 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida shifokorlarning noto‘g‘ri tashxisi tufayli homilador ayol vafot etgani xususida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, holat to‘liq nazoratga olinib, vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida maxsus Ishchi guruh tomonidan tezkor o‘rganish ishlari o‘tkazilgan. Yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarga huquqiy baho berish taqozo qilingani sababli ekspertlarning dastlabki xulosalari hamda tegishli hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etilgan.
“Ayni paytda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilyapti”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ohangaronda tug‘uruqxonaga o‘z oyog‘i bilan borgan ayolning o‘ligi chiqqandi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr