Ohangaronda tug‘uruqxonaga o‘z oyog‘i bilan borgan ayolning o‘ligi chiqdi (video)
3-sahifa
−
07 aprel
24860Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasining tug‘uruq bo‘limida 32 yoshli homilador ayol vafot etdi. Bu haqda bugun, 7 aprel kuni Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Joriy yilning 3 aprel kuni 17:30 larda Ohangaron shahar IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Ohangaron shahar “Birlik” MFY Sharq ko‘chasida yashagan A.X. tibbiyot birlashmasining tug‘uruq bo‘limi palatasida ahvoli birdan og‘irlashib, vafot etgan. Homila ham nobud bo‘lgan.
Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi Toshkent viloyati filiali Olmaliq shahar bo‘limining 3 apreldagi 88-sonli dastlabki ma’lumotnomasida X.A.ning o‘limi "o‘tkir konorar yetishmovchilik, yurak ishemik kasalligi, o‘tkir konorar sindromi, yurak mushaklarining gipertrofiyasi va qon bilan notekis ta’minlanishi" oqibatida yuz bergani va unda tan jarohatlari aniqlanmaganligi ko‘rsatilgan.Ayol muqaddam sudlanmagan, oilali, 2 nafar farzandning onasi bo‘lgan.
"Mazkur holat yuzasidan Ohangaron shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda", deyiladi munosabatda.
Ta’kidlash joizki, bu holat O‘zbekistonda birinchi marta sodir bo‘lmayapti. Avvalroq "Tug‘uruqxonadan o‘ligi chiqqanlar" sarlavhasi ostida tahliliy maqola e’lon qilgan edik.
LiveBarchasi