Andijonda portlash yuz bergani rostmi?

Jamiyat

image

9 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi avtoturargohida avtomashinalar portlab ketganligi to‘g‘risida xabar tarqalgan edi. 

“Xalq so‘zi online” viloyat ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotiga tayanib xabar berishicha, bu hech bir asosga ega bo‘lmagan, ya’ni mutasaddi idoralar tomonidan tasdiqlanmagan axborot bo‘lib, hech qanday portlash yuz bermagan.

Lekin voqea joyida yong‘in sodir bo‘lganligi rost. “9 mart kuni soat 16:30 larda Andijon shahri, Amir Temur shohko‘chasida joylashgan avtoturargoh hududida 5 tonnalik yoqilg‘i quyish tizimi atrofiga ehtiyotsizlik tufayli to‘kilgan 10 litr benzin yongan”, deyiladi xabarda.

Yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan. 

Eslatib o‘tamiz, 26 fevral kuni Andijon shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli markaziy poliklinikasining isitish qozonxonasidagi qozonning portlashi oqibatida Andijon shahri 4-sonli umumta’lim maktabining 18 nafar o‘quvchisi hamda 4 nafar o‘qituvchisi jabrlangan edi.

3 mart kuni esa Andijon viloyati Izboskan tumanidagi “Birlashgan” MFY, Shalola ko‘chasi 36 uyda chiqqan yong‘in oqibatida shu uyda yashagan 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro O.Q. halok bo‘lgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Andijon portlash

Baholaganlar

155

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing