Andijonda “peshexod”dan o‘tayotgan maktab o‘quvchisini mashina urib yubordi
3-sahifa
−
09 dekabr
2668Joriy yilning 7 dekabr kuni Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida qatnov qismini belgilangan joyidan kesib o‘tayotgan maktab o‘quvchisini mashina urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 7 dekabr kuni soat 11:10 larda Xo‘jaobod tumani “Faqirqishloq” MFY hududidan o‘tgan A373 avtomobil yo‘lining 464-kilometrida 1984 yilda tug‘ilgan haydovchi M.N. Lacetti rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, qatnov qismini belgilangan joyidan kesib o‘tayotgan 2012 yilda tug‘ilgan piyoda P.I.ni urib yuborib, YTH sodir qilgan.
Ushbu YTH oqibatida piyoda P.I. olgan tan jarohati bilan Xo‘jaobod tumani shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan.
“Hozirda holat yuzasidan Ho‘jaobod tumani IIB Tergov bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida “peshexod”dan o‘tayotgan voyaga yetmagan qiz Damas bosib qolishi oqibatida vafot etgandi.
LiveBarchasi