Andijonda narkotik sotayotgan yigitlar qo‘lga olindi (video)

3-sahifa

image

Andijon viloyatida giyohvand moddalari oldi-berdisi bilan shug‘ullangan 18 va 28 yoshli fuqarolar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 8 oktyabr kuni viloyat ichki ishlar boshqarmasi tezkor qidiruv boshqarmasi bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon shahrida 1996 yilda tavallud topgan fuqaro og‘irligi 100,85 gramm gashish giyohvandlik moddasini 240 ming so‘m evaziga pullayotganda qo‘lga olingan va giyohvand modda daliliy ashyo sifatida olingan.

Yana bir holatda joriy yilning 16 oktyabr kuni Andijon shahrida yashovchi 2006 yilda tug‘ilgan fuqaro og‘irligi 0,87 gramm gashish moddasini 500 ming so‘m pul evaziga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda giyohvand modda sotayotgan shaxslar qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

narkotik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing