Xitoydan yuborilgan qariyb 25 kg narkotikni olayotganlar ushlandi (video)
3-sahifa
−
16:06 458 1 daqiqa
Toshkent shahrida Xitoydan yuborilgan qariyb 25 kg narkotikni qabul qilib olayotganlar qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda xorijdan olib kelingan katta miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi modda to‘xtatib qolingan.
Xususan, Xitoy davlatidan yuborilgan jo‘natmani kurerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi firmaning Toshkent shahridagi ofisida qabul qilib olgan vaqtida Yunusobod tumanida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan shaxs va uning 1998 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, hozirda Chilonzor tumanida vaqtincha istiqomat qiluvchi tanishi ushlangan.
Chet mamlakatdan yuborilgan jo‘natma ochib ko‘rilganda, uning ichida oq rangli kukunsimon ko‘rinishda bo‘lgan 24 kg 974 gr “Pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi borligi aniqlangan.
Bildirilishicha, hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida sintetik giyohvandlik vositalarini internet orqali sotish bilan shug‘ullangan qizlar qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi