Andijonda mast erkak 14 yoshli bolani kaltakladi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahrida dorixonaga kirgan yosh bolani bir erkak urgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat bo‘yicha QALAMPIR.UZ so‘roviga javoban Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) Surayyo Rahmonova ma’lumot berdi.

Uning bildirishicha, joriy yilning 26 iyul kuni Andijon shahrida yashovchi 1977 yilda tug‘ilgan fuqaro S.J. dorixonaga mast holatda kelgan.  Shundan so‘ng u shu yerdagi 2011 yilda tug‘ilgan M.K. bilan avval suhbatlashmoqchi bo‘lib gapirgan, so‘ng bolani haqorat qilgan va uning yuziga kafti bilan urgan.

Holat yuzasidan Andijon shahri IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Jumladan, voyaga yetmagan M.K.ga yetkazilgan tan jarohati yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Hozirda S.J.ga nisbatan tegishli tartibda qonuniy choralar ko‘rish jarayoni ketmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon shahrida 17 yoshli kiyim do‘koni sotuvchisi nasiyaga ko‘ylak bermagani 2 nafar o‘smir yigitlar tomonidan kaltaklangandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Andijon mast erkak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing