Andijonda sotuvchi nasiyaga ko‘ylak bermagani uchun kaltaklandi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahrida 17 yoshli kiyim do‘koni sotuvchisi nasiyaga ko‘ylak bermagani uchun bir guruh o‘smir yigitlar tomonidan kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 30 iyul kuni soat 13:50 larda 2009 yilda tug‘ilgan N.I. va 2010 yilda tug‘ilgan P.M. Andijon shahri “Navbahor” mahallasi Mashrab ko‘chasida joylashgan “Kuyov sarpo” nomli kiyim do‘konida sotuvchi bo‘lib ishlovchi fuqaro 2008 yilda tug‘ilgan M.Q.ning oldiga borgan. Ular sotuvchidan nasiyaga ikkita ko‘ylak olib chiqib berishini so‘ragan. Shu vaqtda yigitlar o‘zaro gap tortishib ketgan va oqibatda N.I. va P.M. M.Q.ni haqorat qilib, uni urgan.

Bildirilishicha, M.Q.ga nisbatan shu kunning o‘zida belgilangan tartibda sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon shahrida tadbirkor ayol qo‘l ostida sotuvchi bo‘lib ishlovchi, 2005 yilda tug‘ilgan qizni kaltaklagani va keyinroq ushbu ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon sotuvchi kiyim do'koni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing