Andijonda mast avtobus haydovchisi YTH sodir etdi

3-sahifa

image

Andijonda avtobus haydovchisi mast holda rulga o‘tirib, yo‘l-transport hodisasini sodir etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.

Kecha, 6 dekabr kuni soat 23:30 larda Andijon shahri Yu.Otabekova ko‘chasida 1965 yilda tug‘ilgan avtobus haydovchisi B.R. yo‘l-transport hodisasini yuzaga keltirgan.

U transport vositasini mast holatda boshqarib, uxlab qolishi oqibatida avtobus yo‘lning qatnov qismidan chiqib ketgan. 

“Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi hech qanday tan jarohati olmagan, unga nisbatan YPX xodimi tomonidan tegishli tartibda qonuniy chora ko‘rilganini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Jizzaxda “Jiguli” rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning chetida to‘xtab turgan 5 ta avtomobilga borib urilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH Andijon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing