Andijonda qaynota kuyovining jarimalarini to‘ladi

3-sahifa

image

Andijon viloyatida kuyovning barcha jarimalarini uning qaynotasi to‘ladi. Bu haqda viloyat Majburiy ijro byuro boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, viloyatning Andijon shahrida yashovchi M.A. turmush o‘rtog‘ining egaligida bo‘lgan Lacetti avtomashinasini boshqarib, yo‘llarda harakatlanish tezligini muntazam ravishda me’yoridan oshirib kelgan. Natijada 68 marotaba ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan.

Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limiga IIB YHXB organlari tomonidan kelib tushgan jarima solish to‘g‘risidagi qarorlarga muvofiq M.U.dan jami 28 million so‘m undirilishi belgilangan. Shuningdek, avtomashina egasi jarima pullarini to‘lashi yuzasidan ogohlantirilgan. Qarzdorlik summasi to‘lanmagani sabab Lacetti rusumli avtomashina jarima maydoniga kiritilgan. 

Bildirilishicha, kuyovi M.A. boshqaruvida sodir etilgan jarima uchun qaynota 28 million so‘m miqdoridagi ma’muriy jarimalarni to‘lab berishini bildirgan va qizining egaligidagi avtomashinani jarima maydonidan olib chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon IIB jarima

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing