Andijonda erkak 24 kg “gashish” bilan ushlandi (video)
3-sahifa
−
22 aprel 2788 1 daqiqa
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida qo‘shni davlatdan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan katta miqdordagi narkotik modda to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Marg‘ilon shahrida yashovchi 1973 yilda tug‘ilgan, muqaddam narkojinoyat sodir etganligi uchun sudlangan shaxs oldindan kuzatuvga olingan. U o‘zining qirg‘izistonlik tanishlari tomonidan Xo‘jaobod tumanidagi xufiya joyga yashirib ketilgan 24 kg 475 gr “gashish” moddasini qabul qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Habar berilishicha, hozirda gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi hamda 25,273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Shuningdek, tergov harakatlari doirasida qolgan gumonlanuvchilarning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolardan biri o‘zi istiqomat qilayotgan xonadon oldida 1 dona polietilen o‘ramdagi giyohvandlik vositasini 5 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida to‘xtatib qolingan edi.
Shahzoda Shukurullayeva
Live
Barchasi