Andijonda Cobalt haydovchisi 10 yoshli qizchani urib yubordi
3-sahifa
−
08 iyul
6393Bugun, 8 iyul kuni Andijon viloyatida Cobalt avtomobili haydovchisi 10 yoshli qizchani urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat Andijon shahar O‘zbekiston ko‘chasidagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish yo‘lagida sodir bo‘lgan. 1999 yilda tug‘ilgan haydovchi A.X. o‘zining mashinasida harakatlanib kelayotgan vaqtida yo‘lni kesib o‘tayotgan 10 yoshli piyoda T.S.ni urib yuborgan.
Oqibatda qizcha tan jarohati olib shahar shifoxonasiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan hozirda dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiyda 8 yoshli qizni mashina bosib ketgandi. Oqibatda 2-sinf o‘quvchisi bo‘lgan qiz tan jarohatlari sababli hodisa joyida vafot etgan. Holat ortidan 2 nafar haydovchi qamoqqa olindi.
LiveBarchasi